Ikki hududda 5,3 mlrd soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

14:34 15 Iyul 2025 Jamiyat
158 0

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida jami 5,3 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻldi.

Oʻzenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va IIB hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida joylashgan “S.Y.K” korxonasiga qarashli sugʻorish tizimini oʻzboshimchalik bilan taqmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 2 milliard 601 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Boshqa bir holatda esa poytaxtning Bektemir tumanida oʻtkazilgan tadbirda “Oltintopgan” MFYdagi xonadonlarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Fuqaro gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan tijorat maqsadida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻidan uzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tizimga 2 milliard 731 million soʻmlik zarar keltirilgani maʼlum boʻldi.

Ushbu vaziyatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Toshkent shahrida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?