IIOda maxsus unvon uchun xizmat oʻtash muddatlari oʻzgardi
Joriy yilning 21-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Hujjatga koʻra, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi. Xususan, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- katta leytenant — 3-yil (hozirgacha 2-yil)
- kapitan — 4-yil (3-yil);
- mayor — 5-yil (4-yil);
- podpolkovnik — 6-yil (5-yil).
Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari oʻzgardi:
- bojxona xizmati katta leytenanti — 3-yil (bungacha 2-yil);
- bojxona xizmati kapitani — 4-yil (3-yil);
- bojxona xizmati mayori — 5-yil (4-yil);
- bojxona xizmati podpolkovnigi — 6-yil (5-yil).
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- katta leytenant harbiy unvonida — 3-yil (bungacha 2-yil);
- kapitan harbiy unvonida — 4-yil (3-yil);
- mayor harbiy unvonida — 5-yil (4-yil);
- podpolkovnik harbiy unvonida — 6-yil (5-yil).
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat oʻtash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
- katta leytenant — 3-yil (hozirgacha 2-yil);
- kapitan — 4-yil (3-yil);
- mayor — 5-yil (4-yil);
- podpolkovnik — 6-yil (5-yil).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring