IIB xodimlari bogʻcha bolalariga maʼruza qilganiga rasmiy munosabat bildirildi

10:35 01 Avgust 2023 Jamiyat
355 0

Kecha ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Avval oqdan qorani ajratib olish kerak” sarlavhasi ostida ichki ishlar organi xodimi bogʻcha bolalariga tarbiyaviy soat oʻtayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi. Unga koʻra, 2023-yil 17-iyul kuni Uchtepa tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tuman IIO FMB, mudofaa ishlari boʻlimi hamda “Farhod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi nomiga hamkorlikda “Harbiylar bilan uchrashuv” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazish yuzasidan taklifnoma yuborilgan.

Profilaktika inspektorlari bogʻcha tarbiyalanuvchilariga Vatanga muhabbat, ota-ona qadri va kelajakda Vatanni qoʻriqlaydigan mard oʻgʻlon va qizlar boʻlib yetishishlari, bogʻchadan notanish fuqarolar bilan ketmasligi, uyini begona shaxslarga ochmaslik haqida suhbat oʻtkazib, oʻzlari bilan olib kelgan kitob va oʻyinchoqlarni bogʻcha tarbiyalanuvchilariga sovgʻa qilishgan.

Tadbir tafsilotlari aks etgan videolavhani guruh tarbiyachisi tarbiyalanuvchilar ota-onalarini jamlagan telegram guruhiga tashlab bergan. Afsuski, ayrim ota-onalar tomonidan bu video lavha boshqa guruhlarga tashlanib, tomoshabinlar tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi achinarlidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?