Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi departament tuzildi

10:17 06 May 2025 Jamiyat
155 0

Foto: IIV

Prezident qarori bilan Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Buning oʻrniga ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kamilovich Qurbonov tayinlandi.

Zufar Qurbonov faoliyati davomida — 2003−2023-yillarda “Uztelecom” aksiyadorlik kompaniyasida turli xil lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер