“Ichan-qalʼa” muzey-qoʻriqxonasi yangi eksponatlar bilan toʻldirildi
“Milliy merosga mening hissam” umumxalq aksiyasi doirasida 2023-yilning oʻtgan davrida “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondiga 214 ta muzey ashyolari qabul qilindi.
Oʻzbekiston Madaniy meros agentligining tyelyegram-kanali maʼlumotiga koʻra, fondga qabul qilingan 214 ta muzey ashyosidan 166 tasi muzey-qoʻriqxonaning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xarid qilingan. Qolgan 48 tasi esa fuqarolar tomonidan bepul taqdim etilgan.
Qayd etilishicha, muzey-qoʻriqxonaning Toshhovli saroyida “Xon saroyida qoʻllanilgan chinni idishlar” va “Milliy liboslar” mavzularida chinni buyumlar koʻrgazmalari tashkil etildi.
Eslatib oʻtamiz, Xiva 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti deb eʼlon qilingan. Xalqaro tadbirning rasmiy ochilishi kelgusi yil mart oyida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring