Huquqiy boʻshliqlar bartaraf etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlik faoliyati doirasida yuzaga keladigan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy bazaning yaratilishiga, huquqiy boʻshliqlarning bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, fors-major holatlarini tasdiqlash orqali tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash kafolatlari kuchaytiriladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring