“Human”dan jabrlanganlarning 931 nafari oʻz pullarini oldi
Fotо: MIB axborot xizmati
“Human” xususiy bandlik agentligi tomonidan amalga oshirilgan jinoiy harakatlar natijasida jabr koʻrgan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash maqsadida mamlakatimiz hududlarida MIB, “Ipotekabank” hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, ularga mablagʻlarini qaytarib berish boshlangan edi.
Bugun, 21-fevral soat 18:00 holatiga koʻra, jabrlanuvchi, deb eʼtirof etilgan va moddiy zarar undirilishi belgilangan fuqarolarning 931 nafariga 18,7 mlrd soʻmdan ortiq pul mablagʻlari toʻlab berildi. Ulardan 902 nafari plastik karta koʻrinishida, 29 nafari esa naqd pul shaklida olgan.
Shuningdek, bank kartalariga tushgan mablagʻlarni fuqarolarning talablariga koʻra bir vaqtning oʻzida hech qanday bank xizmat haqlari undirilmasdan naqd pul koʻrinishida berilmoqda.
Xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlarga pul mablagʻlarini toʻlab berish jarayoni davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring