Honeywell kompaniyasi poytaxt binolarini aqlli texnologiyalar bilan taʼminlaydi

Honeywell (NYSE: HON) korporatsiyasi Tashkent City da joylashgan yangi Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasi binolarini aqlli texnologiyalar bilan taʼminlaydi. Tashkent City – mahalliy va xalqaro korporatsiyalar uchun jozibador va qulay biznes muhitini yaratishga moʻljallangan zamonaviy arxitektura loyihasidir.
Honeywell korporatsiyasi oʻzining toʻliq integratsiyalashgan, kiberxavfsiz, bulutli boshqarish tizimini (BMS) oʻrnatib, u binolarni boshqarishning turli vositalarini – kirish/chiqish, isitish va ventilyatsiya tizimlarini birlashtiradi. Zamonaviy binoni boshqarish tizimi eng muhim hayotni taʼminlash tizimlari nazoratini, energiya isteʼmoli boshqaruvini, shuningdek xavfsizlik, qulaylik va unumdorlikni taʼminlagan holda bino operatori ishini yengillashtiradi.
Joriy yilning oʻzida Kongress-xoll va Hilton mehmonxonasining ochilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Honeywell Toshkentda va Oʻzbekistonda joylashgan aqlli binolar va aqlli shaharlar uchun oʻz yechimlarini tarqatish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib olgan.
Honeywell kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyo hududlaridagi prezidenti Frans van Dyorsen shunday deydi: “Honeywell Oʻzbekistonda energiya samarali texnologiyalar sohasida 20 yildan ortiq faoliyat koʻrsatmoqda. Bizda Toshkent shahri va butun mamlakatni modernizatsiya qilish uchun koʻplab yechimlar mavjud. Biz yangi infratuzilmaviy loyihalarga aqlli binolar va aqlli shaharlar konsepsiyalarini joriy qilish orqali biznes va aholi uchun yanada xavfsiz, samarali va jozibador shahar muhitini yarata olamiz”.
Honeywell kompaniyasining aqlli binolar uchun yechimlar toʻplami Buyumlar Internetiga asoslangan, bunda alohida qurilmalar ish jarayonida internet orqali bogʻlangan boʻlib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan maʼlumotlar foydalanilishi, tahlil qilinishi va qimmatli axborotlarga aylantirilishi mumkin.
Honeywell binoni boshqarish tizimi obyektning murakkab arxitekturasi orasiga qurish imkoniyatini nazarda tutib loyihalashtirilgan. Uning yordamida operatorlar yanada aniq qarorlar qabul qilish, binoni boshqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda asbob-uskunalarning nazarda tutilmagan ishlash tartibini, bu holatlar ularni ishdan chiqishiga olib kelishidan ancha avval oldini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tizim, shuningdek, binoning asosiy funksiyalarini ehtimoliy kibertahdidlardan himoya qiladi. Honeywell zaifliklarni, ish samarasizligini oson aniqlaydigan va ularni tuzatish uchun variantlarni hisoblab beradigan asosiy texnologiyalar va jarayonlarni joriy qiladi – bu ehtimoliy kibertahlikalar toʻgʻrisidagi xabardorlikni oshiradi.
Honeywell Oʻzbekistonda 1998-yildan beri “Ximavtomatika” MCHJ kompaniyasi bilan qoʻshma korxona sifatida faoliyat yuritadi. 2010-yilda “Ximavtomatika” Honeywell Global injiniring markazi (Global Engineering Services, qisq. GES) nomini oldi va Honeywell kompaniyasining butun dunyoda faoliyat yuritayotgan toʻrtta shunday markazlaridan biri hisoblanadi. Honeywell GES Uzbekistan Oʻzbekistonda, boshqa MDH, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida dasturiy-texnik majmualar va sanoat uchun yechimlarni loyihalashtirish, ularga injiniring va servis xizmatlarini koʻrsatish sohasida buyurtmachilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Honeywell texnik taʼlim sohasida Oʻzbekiston universitetlari, xususan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) bilan hamkorlik qiladi.
Honeywell kompaniyasining buyurtmachilari orasida Oʻzbekistonning eng yirik kompaniyalari oʻrin olgan. Oxirgi loyihalarga quyidagilar kiradi:
- Xisor konlar guruhida “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJning uchta obyektini avtomatlashtirish loyihasi;
- Kondim GQZ – Markaziy Osiyodagi eng yirik gazni qayta ishlash majmualaridan birida oʻrnatish va avtomatlashtirish;
- Qoraqalpogʻistonda Ustyurt GKM uchun jarayonlarni avtomatlashtirish texnologiyalari, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” va Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi bilan qoʻshma korxona.
Honeywell (www.honeywell.com) korporatsiyasi sanoat texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi va Fortune jurnali tomonidan tuziladigan 100 ta eng yirik kompaniyalar roʻyxatiga kiradi. Korporatsiya butun dunyo boʻyicha aerokosmik texnika, maxsus materiallar, shuningdek sanoat korxonalari va binolar uchun boshqarish tizimlarini ishlab chiqarish kabi tarmoqlarda mahsulotlarni taklif qiladi va xizmatlar koʻrsatadi. Uning texnologiyalaridan aviatsiyada, ishlab chiqarish korxonalarida, mol yetkazib berish zanjirlarida va xodimlarning ishida foydalaniladi. Ushbu brendning bosh maqsadi — dunyoni yanada aql-idrokli, xavfsiz va energiya sarfi nuqtayi nazaridan samarador qilishdir. Honeywell korporatsiyasi toʻgʻrisidagi yangiliklar va yanada batafsil maʼlumotlarni www.honeywell.com/newsroom va www.honeywell.ru veb-saytlarida topish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring