Hokim yoshlar huzurida

11:06 27 Fevral 2026 Jamiyat
265 0

Mamlakatimiz rahbari tomonidan haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” boʻlishi belgilangach dastlabki kunda Navoiy viloyati hokimi Xatirchi tumanida boʻlib, bir qator muassasalarda yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Xatirchi viloyatning aholi zich joylashgan hududlardan biri boʻlib, yoshlar bandligini taʼminlash uzoq yillardan buyon muammo boʻlib qolmoqda. Viloyat hokimi davlatimiz rahbarining yaqinda boʻlib oʻtgan yoshlar bilan uchrashuvda ilgari surgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Berilgan har bir imkoniyatdan foydalangan kishi haqiqiy vatanparvar boʻladi, —dedi viloyat hokimi Normat Tursunov. — Mendeleyev olimpiadasida gʻolib boʻlgan yigitning shijoati shunchaki vatanparvarlik emas, balki jasorat ham desak boʻladi.

Yoshlar bilan uchrashuvning navbatdagi manzili “Navbahor” mahallasi boʻldi. Mahallada yoshlar bandligini taʼminlashga, jinoyatchilikka qarshi kurashishga masʼul boʻlgan tegishli rahbarlarning amalga oshirilgan ishlari tahlil etilib, yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlarga tayanish, huquqbuzarliklarni oldini olish, ular bilan individual ishlash, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish lozimligi taʼkidlandi.

Tumanning “Toshquloq” mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda esa “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro Ergash Toshpoʻlatov ichki yoʻllarni, “Fidokor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dilbar Sheraliyevaning 11-sonli maktabga borish yoʻlini asfaltlashtirish yuzasidan avvalgi sayyor qabulda(2026y. 30 yanv.) qilgan murojaatlari boʻyicha masʼullarning loyiha taqdimotlari oʻtkazildi. Unga koʻra “Istiqlol” mahallasi ichki yoʻllarining 1 km 400 metri, “Fidokor” mahallasidagi 11-sonli maktabga borish ichki yoʻllarining 1 km 600 metri asfaltlashtiriladi. Shuningdek, 30 km ichki yoʻllarni tuproq va shagʻallashtirish boʻyicha ham maxsus texnikalar ajratilib, hashar yoʻli bilan ichki yoʻllar taʼmirlanishi belgilandi.

Tumandagi 1-son texnikumida 725 nafar oʻquvchi 7 ta taʼlim yoʻnalishida kasb hunar oʻrganishmoqda. Uning 1978 va 2000-yillarda qurilgan oʻquv binolari, taʼmirtalab hamda jihozlarining maʼnan va texnik jihatdan oʻz muddatini oʻtab boʻlgan. Texnikum yoshlari bilan uchrashuvda oʻquv binolarining taʼmirlanishi, boʻsh turgan yer maydonida oʻquvchilar va mahalla yoshlari uchun sport zali qurilishi belgilandi.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер