Hokim yordamchilarining oylik maoshi ochiqlandi
2022-yil 1-yanvardan tuman (shahar) hokimining aholi bandligini taʼminlash masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga muvofiq, viloyat hokimliklari rahbarlarining oʻrinbosarlari quyidagi maoshni oladilar:
uy-joylar soni 500 tagacha boʻlgan mahallalarda — 4,9 million soʻm;
uy-joylar soni 1000 tagacha boʻlgan mahallalarda — 5,3 million soʻm;
1000 dan ortiq uy-joyli mahallalarda — 5,7 million soʻm.
Shuningdek, 2022-2023-yillardan boshlab viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan hokim yordamchilarini sirtqi boʻlimlarga oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Hokim oʻrinbosarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
— mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganish, shu jumladan bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqalaridan foydalanish holatini tahlil qilish;
— ishsizlarni boʻsh ish oʻrinlari uchun ishga joylashtirish;
— imtiyozli kreditlar olishga yordam berish;
— mahallalardagi boʻsh turgan binolar va yer maydonlarini aniqlash va ularni tadbirkorlik subyektlariga ajratish boʻyicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni hal qilishni tashkil etish va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring