“Hisorak” suv omboridagi vaziyat nazoratga olingan. Xavotirga oʻrin yoʻq — FVV

23:47 10 Iyun 2024 Jamiyat
1531 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashganHisoraksuv ombori toʻgʻonida yoriq paydo boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-iyun kuni Shahrisabz tumanida joylashganHisorak GESUK boshqarmasiga qarashliHisoraksuv ombori toʻgʻonining chap tarafidan qoʻshimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Manbaga koʻra, hozirda avariya oqibatini bartaraf etish maqsadidaOʻzbekgidroenergoAJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlar olib borilmoqda.

Vaziyat FVB nazoratida, suv omboriga shikast yetmagan. Hurmatli fuqarolar ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq, vaziyat toʻliq nazoratga olingan”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер