Hindistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

15:11 04 Iyun 2024 Jamiyat
396 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Bugun, 31-may kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Hindistonning mamlakatdagi yangi elchisi Smita Pant bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda vazir Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.

Unga koʻra, uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi qishloq xoʻjaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Smita Pant Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

“Hindistonning Oʻzbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Smita Pant xonim bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz boʻlib qoladi. Elchi xonimga ikki tomonlama munosabatlarimizning foydalanilmagan salohiyatini kashf etishda muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?