Hindiston va Oʻzbekistonni bogʻlovchi yangi multimodal yoʻnalishda konteyner tashuvlari yoʻlga qoʻyildi

05:10 21 Avgust 2024 Jamiyat
265 0

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” Hindistonning Mundra, Nhava Sheva va Chennay portlaridan Oʻzbekistonga yangi multimodal yoʻnalishda konteyner tashuvlari yoʻlga qoʻyildi.

Sinov tariqasida amalga oshirilgan ushbu tashuvlar Hindistondan Eronning Bandar Abbas portiga dengiz orqali hamda Bandar Abbas portidan Sergeli stansiyasiga qadar temiryoʻl transportida olib kelindi.

Konteynerlar Bandar Abbas portidan Saraxs stansiyasiga qadar Eron platformalarida u yerdan esa “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli platformalarga qayta yuklangan holda Turkmaniston orqali Oʻzbekistonga yetkaziladi.

20 ta 20 futlik konteynerdan tashkil topgan yuk poyezdi umumiy temiryoʻl uzunligi 2673 km boʻlgan masofani 20 kunda bosib oʻtdi. Kelgusida tashish muddatini 15 kunga qisqartirish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?