Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Samarqand shahriga tashrif buyuradi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 15-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Sammit davomida yetakchilar tashkilotning soʻnggi yigirma yillik faoliyatini tahlil qilishi hamda koʻp tomonlama hamkorlik holati va kelgusi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda. Sammitda, shuningdek, mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama etiladi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Narendra Modi sammit doirasida bir nechta ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu haqda Hindiston bosh vazirining rasmiy idorasi xabar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring