Haj amallari boshlandi: ziyoratchilarimiz Mino vodiysida
Bugun, 26-iyun kuni Makka shahridagi oʻzbekistonlik ziyoratchilar oʻzlari turgan mehmonxonalarda ehrom bogʻlab, Mino vodiysiga yoʻl oldilar.
Bahavo, keng va tekis hududda qad koʻtargan mazkur chodirlarning har biri yumshoq oʻrinlar, sovutkichlar bilan jihozlangan. Ozoda, saranjom-sarishta ushbu maskanda har qadamda salqin ichimliklar bilan toʻldirilgan maxsus idishlarni koʻrish mumkin. Chodirlar oldiga qoʻyilgan samovarlarda choy qaynab turadi. Mino vodiysida ziyoratchilarimiz faqat duo va ibodat bilan mashgʻul boʻladilar.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda hojilarimiz guruh rahbarlari boshchiligida Mino maydoniga borib, Oʻzbekiston hojilari uchun ajratilgan chodirlarga toʻliq joylashtirish ishlari yakuniga yetib qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring