Havo monitoringi avtomatik stansiyalari ishga tushdi

Poytaxtimizdagi Sergeli hamda Uchtepa tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan havo monitoringi avtomatik stansiyalari ishga tushirildi.
Bu haqda “Zamin” xalqaro jamoat fondi ma’lum qildi.
“Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilgan ushbu tadbir natijasida shahar atrofida atmosfera havosi sifatini kompleks kuzatishga xizmat qiladigan havo monitoringi stansiyalaridan iborat “halqa” hosil bo‘ldi.
Ma’lumotlar kunning qismi, mavsum va meteorologik sharoitga qarab ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasining umumiy holati hamda tendensiyalarini baholash, shuningdek, “halqa” bo‘ylab monitoring tizimi shaharning qaysi hududlari zararli moddalardan ko‘proq ta’sirlanishi mumkinligini prognoz qilish imkoniyatini yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring