Harbiy triatlonchilar Samarqandda kuch sinashdi

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasida oʻtkazilgan 25-jahon chempionatining “MIX” yoʻnalishida jamoaviy bahslar ham yakunlandi.
Natijalarga koʻra, birinchi boʻlib finishga shveysariyalik harbiy triatlonchilar yetib keldi. Ikkinchi oʻrinni fransiyalik, uchinchi oʻrinni rossiyalik, toʻrtinchi oʻrinni oʻzbekistonlik va beshinchi oʻrinni belgiyalik sportchilar egalladi.
Shunday qilib, Samarqand shahrida oʻtgan sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasida 25-jahon (25th CISM World Military Triathlon Championship) chempionatiga yakun yasaldi.
Dunyoning 13 davlatidan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan musobaqaning yopilish hamda gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Mudofaa vaziri oʻrinbosari, polkovnik Alisher Norboyev, viloyat hokimining oʻrinbosari Rustam Qobilov, xalqaro harbiy sport Kengashi (CISM) Bosh kotibi Roberto Rechchiya va boshqa masʼullar ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarni taqdirladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring