Har bir poliklinikada xalq tabobati xonalari, fitobarlar tashkil etiladi

12:31 18 Mart 2022 Siyosat
994 0

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari xalq tabobatining sinalgan usullarini zamonaviy tibbiyotga integratsiya qilish orqali davolash tizimi natijadorligini yanada oshirish mumkinligini koʻrsatib oʻtdi.

Shu bois, 2022-yilda:

— samarasi isbotlangan dorivor oʻsimliklar tibbiy yordam koʻrsatish standartlari va protokollariga bosqichma-bosqich kiritiladi;

— barcha tibbiyot oliygohlari va texnikumlarda, hududiy Xalq tabobati markazlarida soha uchun mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi joriy qilinadi;

— barcha hududlarda Ibn Sino markazlari tashkil etilib, ular tomonidan maktab, litsey, kollej, texnikum va oliygohlarda xalq tabobati va sogʻlom turmush tarzini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;

— har bir poliklinikada xalq tabobati xonalari, fitobarlar tashkil etiladi;

— dorixonalarda dorivor vositalar burchagi boʻlishi, litsenziya talabi sifatida kiritiladi;

— Tibbiyot akademiyasining klinikasi qoshida Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markazining 40 oʻrinli davolash boʻlimi va hududlarda filiallari ish boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер