Haydovchilarni tayyorlovchi taʼlim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (353-son, 04.07.2022-y.) bilan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim tashkilotlarining reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, reyting baholash quyidagi koʻrsatkich (indikator)lar asosida amalga oshiriladi:
— taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon natijalari;
— taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgandan keyin, yil yakunigacha yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik hollaridagi jarima ballari;
— yil yakunigacha qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga asosan taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari aybi bilan sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni;
— taʼlim tashkilotlarida toʻliq shtatda faoliyat yuritadigan oliy maʼlumotga yoki ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarning soni toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Taʼlim tashkilotlari reytingini baholash koʻrsatkich (indikator)lar asosida Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati amalga oshiriladi.
Taʼlim tashkilotlari reytingi quyidagicha toifalarga ajratiladi:
— 81 balldan 100 ballgacha – “yashil”;
— 51 balldan 80 ballgacha – “sariq”;
— 50 balldan past – “qizil”.
Reyting ball koʻrsatkichlari respublika boʻyicha yagona shaklda yuritiladi hamda yil yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi.
Reyting natijalari har yili 25-yanvarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Nizom 2022-yil 1-sentyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring