“Haydab chiqarishyapti” emas, yangi uylarga koʻchirishyapti
Foto: "Xalq so'zi"
“Ozodlik” radiosining 2019 yil 11 yanvar kuni “Sizdan telegramm” loyihasida chop etilgan “Markazdagi uyimizni buzib shahar chetiga koʻchirishmoqda” xabari hamda 15 yanvar kuni “Fergana news” saytida “Jiteli Gidroliznogo gorodka rasskazali Mirziyoyevu o beschinstvax vlastey Ferganы” maqolasi eʼlon qilindi.
Unda iddao qilinishicha, Fargʻona shahri markazidagi eski uylar egalari koʻchmay turib buzilishi boshlangan. Muammoga aniqlik kiritish maqsadida masala bilan qiziqdik.
Fargʻona shahar hokimligi mutasaddilarining aytishicha, bu maʼlumotlar rasmiy tarzda oʻz tasdigʻini topmagan.
Darhaqiqat ayni kunlarda Alisher Navoiy, Sohibqiron Temur hamda Farobiy koʻchalarida maʼnan eskirgan 2 qavat turarjoy binolarini buzish ishlari boshlangan. Bu borada xonadon egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularni mukammal tarzda uy bilan taʼminlashga alohida eʼtibor bilan yondashilgan.
Fargʻona shahar hokimi X. Xabibidinovning 2019 yil 15 yanvar kungi 92-01-22 sonli xatida keltirilishicha, turarjoy binolarining buzilishi munosabati bilan tegishli tartibda mazkur uylarda yashagan fuqarolarga Fargʻona shahri, Registon koʻchasida yangi qurib bitkazilgan, toʻliq taʼmirlangan zamonaviy uylar taklif etilmoqda va rozilik arizalariga asosan fuqarolarga qonuniy tartibda ajratib berilmoqda.
Surishtiruv jarayonida biz Registon koʻchasida foydalanishga topshirilayotgan yangi 3 va 4 koʻp qavatli uylarning sharoiti hamda infratuzilmasi bilan qiziqdik. Guvoh boʻlishimizcha, zamonaviy uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatishga moslashtirilgan. Ushbu hududda Fargʻona markaziy “Istiqlol” oʻyingohi, unga tutash futbol maktabi, viloyat adliya boshqarmasi, avtomobil transporti viloyat boshqarmasi hamda aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan “Parvoz” oʻrta taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi.
— Registon koʻchasida yangi va zamonaviy bunyod etilgan 4-uy, 2 xonali 19-xonadonga oʻz roziligim bilan koʻchib oʻtdim, — deydi Alisher Navoiy koʻchasi, 38-uyda yashagan K. Asanova. — Ushbu yangi xonadon avvalgi uyimizdan ijobiy maʼnoda koʻp jihatlari bilan farq qiladi. Masalan, keng va yorugʻ, ishonchli, zamonaviy dizayn va seysmik jihatlar birinchi oʻringa olib chiqilgan. Oshxona qismida, avvalo, ayollarning ehtiyojlari xisobga olingan.
Bundan tashqari, Fargʻona shahri, Registon koʻchasi 3 va 4-uylar kesishgan Sohibqiron Temur koʻchasi hududida Fargʻona shahar hokimining 2016 yil 14 iyundagi 745-sonli qaroriga asosan, savdo-maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi, 200 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, yopiq suzish havzasi, avtomobillar saqlash joyi, zamonaviy koʻp qavatli uylar, 2 qavatli kottej jamlamasi qurish ishlari boshlangan.
Elyorjon EHSONOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring