Hafta davomida nisbatan quruq va issiq ob-havo kuzatiladi

12:05 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
161 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 15-18-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-16-oktyabrda 22-27 daraja boʻladi, 17-18-oktyabrda 15-20 darajagacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-16 va 18-oktyabrda 10-15 daraja, 17-oktyabrda 8-13 daraja, kunduzi 15-oktyabrda 25-30 daraja boʻladi, 16-18-oktyabrda 21-26 darajagacha pasayadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-17-oktyabrda 23-28 daraja, 18-oktyabrda 21-26 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-17-oktyabrda 18-23 daraja, 18-oktyabrda 15-20 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?