Hafta davomida iqlim meʼyoridan yuqori harorat kuzatiladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda ish haftasi davomida havo harorati juda iliq va bulutsiz boʻlishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet” agentligi.
Unga koʻra, harorat foni kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida boʻladi, bu oʻrtacha iqlim meʼyoridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Bugun kunduzi harorat 21-23 darajani tashkil etadi.
Qayd etilishicha, keyingi kunlarda harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 24-28 daraja atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring