Hafta davomida harorat sezilarli pasayib, yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” joriy oyning oxiri va 1-2-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, sentyabr oyining oxirgi kunlarida Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat 26-29 daraja, baʼzi joylarda 31 darajagacha boʻladi. 1-2-oktyabrda respublikaning barcha hududlariga Qozogʻistondan salqin va nam havo kirib keladi.
1-oktyabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Navoiy va Toshkent viloyati shimolida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 2-oktyabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. 3-oktyabrda faqat Fargʻona vodiysida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
Harorat foni 1-2-oktyabrda 8-10 darajaga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni 8-13 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati 18-23 darajadan yuqori boʻlmaydi. Respublika shimolida harorat kechalari 4-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 15-18 darajagacha pasayadi. 3-oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2-3 darajaga koʻtariladi.
Respublika janubida bunday iliq ob-havo 1-oktyabrgacha saqlanib turadi, 2-3-oktyabrdan esa harorat 20-25 darajagacha pasayadi. Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring