Gʻulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi
Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston xalq artisti, xonanda Gʻulomjon Yoqubov Tashpulatovich “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Oʻzining yorqin isteʼdodi, yuksak ijro mahorati, koʻp yillik samarali ijodiy faoliyati bilan oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʻrtasida keng targʻib etish, boy maʼnaviy merosimizni asrab-avaylashga qoʻshgan munosib hissasi, yoshlarning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, sanʼatga boʻlgan mehrini oshirish, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalq artisti, “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Yoqubov Gʻulomjon Tashpulatovich “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring