Gulistonda “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika finali boshlandi
Bugun Guliston davlat universiteti markaziy stadionida yoshlarning sogʻlom turmush tarziga qiziqishini oshirish, talabalar oʻrtasida sport muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi boshlandi. Musobaqada 700 nafardan ortiq iqtidorli va faol talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Respublika finali ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, sport vaziri Adham Ikramov va Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Hojiyev ishtirok etdi. Tadbirda mamlakat rahbari tomonidan yoshlarning tarbiyasi, ularda vatanparvarlik, jismoniy barkamollik va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishning ustuvor ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

— “Besh tashabbus” olimpiadasi nafaqat oliy taʼlim muassasalarida, balki keng jamoatchilik orasida ham sogʻlom turmush tarziga boʻlgan munosabatni kuchaytirmoqda — deydi Guliston davlat universiteti yoshlar yetakchisi Yorqinjon Hayitboyev. — Shu maʼnoda aytish mumkinki, Gulistonda start olgan “Besh tashabbus” olimpiadasining respublika final bosqichi ham yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning ijtimoiy faolligi va jismoniy tayyorgarligini oshirish, vatanparvar va har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring