Davlat organlari Tashqi ishlar vazirligiga axborot beradi

Foto: X.Paydoyev / Xalq soʻzi
Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi Online”/Toshkent. Yalpi majlis davomida senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdi.
Qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Unda Oʻzbekiston qonun hujjatlari tizimida xalqaro shartnoma maqomi, tayanch tushunchalar mustahkamlanmoqda. Sohadagi terminlar va taʼriflar umumeʼtirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiq keltirilmoqda, shuningdek xalqaro shartnomalarni tuzish tartibi aniq tartibga solinmoqda.
Qonunda xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan monitoring olib borish mexanizmlari ham belgilandi. Endilikda zamonaviy AKTdan foydalangan holda yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish, davlat organlari tomonidan har yili 31 dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro shartnomalarni bajarish toʻgʻrisida axborot yuborish, xalqaro shartnomalar ijrosi holati samaradorligini baholash, ularning tegishlicha bajarilishini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash nazarda tutilyapti.
Soʻzga chiqqanlar qayd etganlaridek, Qonun davlat organlari ishlari samaradorligini, ularning javobgarligini va ular tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring