Gilamdagi otning taqasi yoxud sayyohlarni achintirgan qadimiy devorlar
Madaniyat vazirligi diqqatiga!
Tarixiy manbalarga qaraganda, Govkushon madrasasi Buxorodagi jo‘ybor shayxlari tomonidan shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Madrasa va masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Madrasaning nomi mahalla nomi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla bo‘lgan.
Govkushon madrasasi haqidagi rasmiy ma’lumotlar uning Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan keyin me’moriy obidaning ta’mir talab qismlari qayta tiklanib, madrasa atrofi ko‘kalamzorlashtirilgani, xorijlik sayyohlar va yurtimiz ziyoratchilarining sayilgohiga aylangani haqida xabar beriladi. Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan barcha obidalar qatorida qayta ta’mirdan chiqqani, YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgani, davlat muhofazasiga olingani ham istisno etilmaydi.
Aslida madrasa qarovsiz holga kelib qolgani uchun bugungi kunda bu yerdan sayyohlarni olib o‘tishmaydi. Adashib-netib qolgan chet elliklar g‘ishtlarni paypaslab, bosh chayqashadi, ichlari achiydi, chunki ular shunday obidalarni ko‘raman deb olis-olis yurtlardan katta-katta pullar sarflab kelishadi.
Abdulla Qahhor “madaniyat tarixiga aloqador bo‘lsa gurjilar otning taqasini devordagi gilamga osib qo‘yishadi”, degan edi. Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizning sayyohlik jozibadorligini yanada oshirish maqsadida qaror va farmonlar, tegishli hujjatlar qabul qilinayotgan bugungi kunda ham mutasaddi tashkilotlar bunday manzaralarga befaraq qarashlari mumkinligini birovga aytsang ishonmaydi. Ammo haqiqiy manzarani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, yoqa tutamlamoqdan o‘zga iloj topolmay qoladi. Nima dedingiz?
Shoyim BO‘TAYEV, /"Хalq so`zi"/
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring