Germaniya shaharlarida suv toshqini – fotojamlanma
Foto: AFP
Germaniyaning Bavariya va Baden-Vyurtemberg shaharlarida halokatli suv toshqinlari sabab minglab odamlar evakuatsiya qilindi. Mamlakat janubidagi toshqinlardan toʻrt kishi halok boʻlgan. Bavariyada toʻgʻon yorilib ketganidan keyin 800 ga yaqin odam uylarini tark etishga majbur boʻldi.
Talafotdan eng koʻp zarar koʻrgan Manching-Pichl atrofidagi aholiga uylarining yuqori qavatlarida jon saqlash maslahat berilgan.
Germaniya kansleri Myunxen shimoliga tashrif chogʻida bunday toshqinlar qayta-qayta sodir boʻlishini eslatib, iqlim oʻzgarishining oqibati ekanligini taʼkidlagan.
Bavariya shtat bosh vaziri iqlim oʻzgarishidan toʻliq sugʻurta yoʻqligini qoʻshimcha qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu shahardagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 20 mingga yaqin odam safarbar etilgan. 42 yoshli koʻngilli qutqaruvchi kemasi agʻdarilib, vafot etgan. Yana biri bedarak yoʻqolgan.
Germaniya ob-havo xizmati Germaniyaning janubiy va sharqiy qismlarida kuchli yomgʻir haqida yangi ogohlantirishlar eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring