Germaniya Bundesligasida sensatsion natija
Kecha, 14-dekabr kuni Germaniya Bundesligasining 14-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya” jamoasi oʻz maydonida turnir jadvalida 18-oʻrinni egallab turgan “Mayns 05” klubini qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 29-daqiqada mezbonlar futbolchisi Lennart Karl tomonidan ochildi. Birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda Kasper Potulski hisobni tenglashtirdi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida “Mayns” klubining janubiy koreyalik futbolchisi Li Son Je jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirgan Xarri Keyn oʻyinning durang natija bilan yakunlanishini taʼminladi.
Shu tariqa, “Bavariya” jamoasi bu mavsum birinchi marta oʻz maydonida ochko yoʻqotdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring