Germaniya Bundesligasi “Bavariya” klubi uchun barakali boshlandi

Kecha, 22-avgust kuni Germaniya Bundesligasining 2025/2026-yilgi mavsumi boshlandi.
Mazkur turnirning ilk bahsida amaldagi chempion “Bavariya” klubi “Leypsig” jamoasiga qarshi saf tortdi. Uchrashuv Myunxen shahrida joylashgan “Alyans Arena” stadionida boʻlib oʻtdi.
Ushbu oʻyin gollarga boy boʻldi. Mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 6 ta toʻp kiritishdi. Uchrashuv 6:0 hisobida “Bavariya” klubining gʻalabasi bilan yakunlandi. Bahs davomida mezbonlar hujumchisi Harri Keyn xetrik qayt etgan boʻlsa, Maykl Olise dublga erishdi. Jamoaning “Liverpul” klubidan xarid qilgan yarim himoyachisi Luis Dias ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻyishga muvaffaq boʻldi.
Shu tariqa Vensan Kompani boshchiligidagi jamoa Bundesligani gʻalaba bilan boshladi. “Bavariya” klubi ikkinchi turni 30-avgust sanasida “Augsburg” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring