Gender komissiyasi ishonch telefoni yoʻlga qoʻyildi

17:18 11 Aprel 2020 Jamiyat
1112 0

Shu kunlarda dunyo mamlakatlarida oilaviy nizolar va ajrimlar soni koʻpayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Karantin davri esa koʻplab oilalar uchun jiddiy sinov payti boʻlmoqda.

Bunday vaziyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA), Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan birgalikda joriy yilning 10-aprel kunidan “Ishonch telefoni” xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Endilikda opa-singillarimiz telefon raqamlari orqali “Ishonch telefoni” operatoridan oilada huquqbuzarlikning oldini olish masalalari boʻyicha bepul maslahat olishlari mumkin.

Huquqshunos: +99897 137 26 26;

Ruhshunos: +998 97 137 27 27;

Ishonch telefoni operatori: +99897 137 24 24

Xotin-qizlarimiz oʻzlarining barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu “Ishonch telefoni” xizmati uch oy davomida faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер