Gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

13:39 17 Iyun 2023 Jamiyat
429 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Samarqandshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi aholi xonadonlariga texnik xizmat koʻrsatish chilangari J.A. fuqaro D.N.ning xonadonidagi isitish qozoni gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani yoʻq qilib berish evaziga 4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?