Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi

16:21 11 Iyul 2023 Madaniyat
1485 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Gayane Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimiga tayinlandi.

2023 yil 1 iyundagi PQ-177-sonli qarorga muvofiq, u bir vaqtning o‘zida YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining raisi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori va O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi Bosh kotibi lavozimlarida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?