Futbol. Milliy terma jamoa yanvar oyida Dohada yigʻin oʻtkazadi

16:00 23 Dekabr 2025 Sport
599 0

Foto: OʻFA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Dohada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Unga koʻra, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi Milliy jamoa 2026-yil 22-yanvardan 2-fevralga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi. Yigʻinga asosan mahalliy va yosh futbolchilar jalb etiladi.

Taʼkidlanishicha, mazkur yigʻin 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh oʻyinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi. Yigʻin davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va texnik holatini baholab boradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yil 1-iyun sanasida Jahon chempionati mezbonlaridan biri — Kanada terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu bahs Kanadaning Edmonton shahrida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?