Fuqarolarni Xorvatiyaga ishga yuborishini aytib, firibgarlik qilgan shaxslar qoʻlga olindi

Fuqarolarni Xorvatiyaga ishga yuborishini aytib firibgarlik qilgan ikki kishi ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1997-y.t., muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaroga oʻzini goʻyoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kiradi.
Soʻngra Xorvatiya davlatida tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6000 AQSH dollari talab qiladi.
DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻidan 3000 AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bu kabi firibgarlik holati Namangan viloyatida ham qayd etilib, xususan, Namangan shahrida yashovchi, 1999-y.t. shaxs aldov yoʻli bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kiradi.
Mazkur shaxs hozirda Xorvatiya davlatida ishlovchi akasining koʻmagida ularni ushbu mamlakatga ishlash uchun yuborish evaziga har biridan 2600 AQSH dollari, jami 7800 AQSH dollari talab qiladi.
Ammo, u Yangi Namangan tumanida ushbu pul mablagʻidan 3900 AQSH dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Hozirda ikkala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring