Fransiyada hukumatning iqtisodiy siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi
Foto: Reuters
Fransiyada hukumatning iqtisodiy siyosatiga qarshi ommaviy norozilik aksiyalari boʻlib oʻtmoqda, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Namoyishlar sobiq bosh vazir Fransua Bayru byudjet tanqisligini qisqartirish maqsadida iqtisodiy tejash choralari va bayram kunlarini qisqartirish haqida bayonot berganidan keyin avj oldi. Uning soʻzlariga koʻra, bu choralar pensiyalar va ijtimoiy toʻlovlarni indeksatsiya qilmaslikni ham oʻz ichiga oladi.
Aksiyalar “Hammasini toʻxtataylik!” shiori ostida oʻtmoqda. Jandarmeriya maʼlumotiga koʻra, mamlakat boʻylab 50 dan ortiq namoyish tashkil etilgan boʻlib, ularda taxminan 3 ming kishi ishtirok etgan.
Ayrim guruhlar infratuzilma obyektlarini toʻsishga urinishgan. Namoyishlarda umumiy hisobda 100 minggacha odam qatnashishi mumkinligi aytilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotiga koʻra, hozirga qadar 200 ga yaqin namoyishchi qoʻlga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring