Fransiya rasman Falastin davlatini tan oldi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida mamlakatining Falastin davlatini rasman tan olganini maʼlum qildi.
“Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatish va isroilliklar hamda falastinliklar oʻrtasida adolatli kelishuvga erishish maqsadida Fransiya bugun Falastin davlatini tan oldi”, — dedi Makron.
Prezidentning taʼkidlashicha, Fransiya elchixonasi Gʻazo sektorida oʻt ochish toʻxtatilgandan va barcha garovda qolgan shaxslar ozod etilgandan soʻng ochilishi mumkin. Shuningdek, Parij xalqaro missiya tarkibida vaziyatni barqarorlashtirishda ishtirok etishga, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda falastinlik xavfsizlik kuchlarini tayyorlash va jihozlashga tayyorligini bildirdi.
Makron arab va musulmon davlatlarini ham Isroilni tan olishga va unga nisbatan normal munosabatlar oʻrnatishga chaqirdi.
AFP maʼlumoticha, 22-sentyabr kuni Nyu-Yorkda oʻtadigan Bosh Assambleya doirasida yana oʻnta davlat Falastinni tan olish qarorini eʼlon qilishi kutilmoqda.
Fransiyadan keyin Belgiya bosh vaziri Bart de Vever va Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden ham Falastin davlatini tan olganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring