Fransiya Yevropa Ittifoqi va AQSH savdo kelishuvini sharmandalik deb atadi

Illyustrativ foto
Fransuz sotsialistlari yetakchilari Yevropa Ittifoqi va AQSH oʻrtasidagi savdo kelishuvini Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar uchun sharmandalik va boʻysunish yoʻli deb taʼriflagan. Bu haqda Fransiya sotsialistik partiyasi bosh kotibi Pyer Juve maʼlum qildi.
“Yevropa uchun bu vassalizatsiya* kelishuvi. Biz «atigi” 15 foiz bojxona toʻlovi olganimiz bilan qanoatlanamizmi?» – degan savolni oʻrtaga tashladi Juve.
Sotsialistik partiya yetakchisi va birinchi kotibi Olive For bu kelishuvni “sharmandalik” deb atadi va yevropaliklar AQSH shartlaridan voz kechib, yagona blok sifatida harakat qilishdan koʻra oʻz milliy manfaatlariga eʼtibor qaratishni afzal koʻrganini taʼkidladi.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi va AQSH oʻrtasida savdo bitimi kelishib olingani maʼlum boʻlgandi. AQSH prezidenti Donald Trampning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi AQSHdan 750 milliard dollarlik energiya resurslarini sotib oladi va Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyotiga yana 600 milliard dollar sarmoya kiritadi. Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari AQSH bilan nol tarif stavkasi bilan savdo qilish uchun oʻz bozorlarini ochadi. Bundan tashqari, Yevropa Rossiya neft va gazidan voz kechib, AQSH suyultirilgan gazi va yadro yoqilgʻisiga ustuvorlik qaratadi.
* Vassalizatsiya (yoki vassallik) – feodal jamiyatidagi munosabatlar tizimi, bunda bir feodal (vassal) boshqa, kuchliroq feodal (syuzeren)ga boʻysunadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring