FQB Trampning uyidan 10 dan ortiq maxfiy hujjatlar toʻplamini topdi
Foto: AP Photo
FQB dushanba kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning uyida tintuv oʻtkazib, 11 toʻplam maxfiy hujjatlarni musodara qildi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Topilgan hujjatlar orasida “oʻta maxfiy”lari ham bor. Ularga kirish faqat maxsus davlat muassasalarida mumkin. Taʼkidlanishicha, FQB xodimlari yadro quroliga oid hujjatlarni qidirgan. Bunday hujjatlar topilgan yoki topilmagani haqida xabar berilmagan.
Sobiq prezidentning uyidan jami 20 ga yaqin quti fotosuratlar, eslatmalar va hujjatlar olib chiqilgan. Ular orasida Fransiya prezidenti va Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounning afv etilishi haqidagi maʼlumotlar bor.
Trampning soʻzlariga koʻra, tintuv oʻtkazishga hojat yoʻq edi, chunki sobiq prezident Oq uyni tark etishidan oldin sirli hujjatlar boʻyicha maʼlumot bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring