“Formula-1” chempioni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi muzeyidan hayratda qoldi
“Skuderia Ferrari” jamoasining “Formula-1” chempioni Sharl Lekler Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyiga tashrif buyurib, bu bino, undagi har bir boʻlim va ekspozitsiyadagi mayda detallargacha boʻlgan eʼtibor oʻziga xos chiroy va mukammallikni namoyon etganini taʼkidladi.

“Formula-1” chempioni Sharl Lekler oʻz taassurotlarini quyidagicha ifoda etdi:
“Bu yerda koʻrganlarim — haqiqatan ham aql bovar qilmaydigan darajada hayratlanarli. Men bugun guvoh boʻlgan manzaralarni boshqa hech qayerda uchratmaganman. Markaz ichidagi har bir detal, har bir boʻlimga berilgan eʼtibor — nihoyatda nafis va aniq maqsadli tashkillashtirilgan.
Men uchun yangi madaniyatlar, yangi mamlakatlar bilan tanishish doimo qiziqarli. Oʻzbekiston esa oʻzining boy, chuqur va juda jozibali tarixi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerga taklif etilganim, mamlakat haqida koʻproq bilish imkoniga ega boʻlganim men uchun katta sharaf. Buning uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Bu tashabbus, menimcha, juda ulkan ahamiyatga ega. Markazni koʻrish menda juda katta taassurot qoldirdi. Men Oʻzbekistonda bir marta boʻlganman va oʻsha paytdanoq bu yurt menga juda yoqqan edi.
Mana, ikkinchi bor kelishim. Bu safar madaniyatni yanada yaqindan anglash, xalq va mamlakat haqida koʻproq maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.
Koʻrgazmalar ham juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bu yerda qoʻllanilgan texnologiyalar, materiallar va yondashuv — barchasi oʻziga xos, oʻzgacha. Markazda Oʻzbekiston tarixining yirik bir boʻlagi mujassam ekani yaqqol seziladi”


Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring