“FlyArystan”ning ilk parvozi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Qozogʻistonning yetakchi aviatashuvchilaridan biri “FlyArystan” ikki qardosh davlat poytaxtlarini bogʻlovchi Ostona-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirdi.
Bundan buyon muntazam reyslar haftasiga ikki marta – dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

— “FlyArystan” aviakompaniyasi oʻz yoʻlovchilariga Oʻzbekiston poytaxtiga bemalol sayohat qilish imkoniyatini taqdim etishdan mamnun, — deydi aviakompaniyaning marketing va sotuvlar boʻyicha direktori Madina Bujinova. — Qozogʻistonning poytaxti Ostona shahridan toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻygan birinchi loukoster aviakompaniyasi hisoblanadi. Yangi yoʻnalish sayohatchilar uchun qulaylikni taʼminlabgina qolmay, nafaqat sayyohlik, balki tibbiy turizm doiralarini kengaytirayotganidan faxrlanamiz.
Toshkent kundan kunga sifatli tibbiy yordamga intilayotgan qozogʻistonliklar uchun jozibador manzilga aylanib bormoqda, bu esa ikki davlat oʻrtasidagi reyslarga yuqori talabni keltirib chiqarmoqda. Endi Qozogʻiston poytaxti, qolaversa, unga eng yaqin shaharlar aholisi ham madaniy, koʻngilochar, ham dam olish maqsadida oʻzbek zaminiga sayohatga borishlari mumkin.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “FlyArystan” aviakompaniyasining ilk parvozi sharafiga matbuot brifingi boʻlib oʻtdi, unda Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Birjan Dulatbekov, “Air Astana” aviakompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi mintaqaviy menejeri Yevgeniy Krutov va “Uzbekistan Airports Handling” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʻrinbosari Umid Hamrayev ushbu tadbirning ahamiyatini haqida soʻz yuritdilar.
Aytish joizki, “FlyArystan” Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida Samarqand—Almati—Samarqand mavsumiy yoʻnalishida ham ishlamoqda. Aviakompaniya parvozlar xaritasini yaqin kelajakda ikki davlatni bogʻlaydigan yangi yoʻnalishlar bilan toʻldirishni rejalashtirmoqda.

Qozogʻiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekistonga kirishi uchun viza talab etilmasligini inobatga olsak, Toshkent qozogʻistonliklar uchun jozibador manzil boʻlib, sayohat, hordiq chiqarish, davolanish va ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun koʻplab afzallik va imkoniyatlarni taqdim etadi. Sharqiy shahar sayyohlarga “Chorsu” bozorining yorqin ranglaridan bahramand boʻlish, Hazrati Imom tarixiy majmuasini ziyorat qilish, zamonaviy muzeylarga tashrif buyurish va ularning didini lol qoldiradigan milliy taomlardan bahramand boʻlishni taklif etadi.
Eslatib oʻtamiz, “FlyArystan” yaqinda 2023-yil 20-iyun kuni Parijda boʻlib oʻtgan 24-World AirLine Awards mukofotida aviatsiya sanoati Oskarida ishtirok etib, “Markaziy Osiyo va MDHning eng yaxshi loukosteri” mukofotiga sazovor boʻlgan.
Nurlan USMONOV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring