Fizika boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofoti laureatlari eʼlon qilindi

Foto: nobelprize.org
Fizika boʻyicha 2025-yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlar Jon Klark, Mishel X. Devore va Jon M. Martinisga kvant mexanikasidagi kashfiyotlari uchun berildi. Bu haqda Nobel qoʻmitasi marosimda maʼlum qildi.
Kashfiyotning mohiyati shundaki, uzoq vaqt davomida kvant mexanikasi faqat juda kichik zarrachalar (elektronlar, fotonlar) uchun mavjud boʻlgan gʻalati dunyo deb hisoblab kelingan. Laureatlar esa kvant qonunlari qoʻlda ushlab turish uchun yetarlicha katta boʻlgan obyektlarda ham amal qilishini isbotladilar. Ushbu fundamental tadqiqotlar zamonaviy kvant texnologiyalari sohasining asosi boʻlib xizmat qildi.
Bungacha fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha joriy yilgi Nobel mukofotiga amerikalik olimlar Meri Brunkov va Fred Ramsdell hamda yapon olimi Shimon Sakaguchi immunitet tizimining tananing oʻz hujayralariga hujum qilishiga nima toʻsqinlik qilishini kashf etgani uchun loyiq koʻrilgandi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Jon Xopfild va Jefri Xinton fizika boʻyicha Nobel mukofotini mashinani oʻrganish va neyron tarmoqlardagi tadqiqotlari uchun olishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring