Filippinda 350 dan ortiq odamni olib ketayotgan parom choʻkib ketdi (+video)
Filippinda yoʻlovchilarni tashiyotgan parom choʻkib ketdi. Kema bortida boʻlgan 350 dan ortiq odamning yuz nafardan ortigʻi bedarak yoʻqolgan, deb xabar bermoqda CNN nashri.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, sohil qoʻriqlash xizmati tomonidan suvdan kamida 215 nafar tirik qolganlar qutqarib olingan, shuningdek, 15 nafar halok boʻlganlarning jasadlari topilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari hanuz davom etmoqda.

Parom halokatining aniq sabablari hozircha maʼlum emas. Tegishli idoralar tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, fojia sodir boʻlgan kuni ob-havo qulay boʻlgan. Kemada meʼyordan ortiq yuklanish kuzatilmagan. Mutaxassislar halokat texnik nosozliklar oqibatida roʻy bergan boʻlishi mumkinligini aytmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, halokatga uchragan “Trisha Kerstin 3” paromi hududdagi orollar oʻrtasida doimiy qatnovchi boʻlib, shu kuni Zamboanga port shahridan Sulu provinsiyasida joylashgan Janubiy Xolo oroli sari ketayotgan boʻlgan. Parom bortida 332 nafar yoʻlovchi va 27 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgani haqida maʼlumotlar bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring