Fermer mikro GES qurdi

12:31 29 Iyul 2025 Jamiyat
88 0

Xorazm viloyatining shahar va qishloqlarida kichik quvvatli, ekologik toza muqobil energiya manbalari qurib ishga tushirilmoqda. Ana shunday innovatsion loyihalardan biri Gurlan tumanidagi “Yoʻldosh shayx oʻgʻillari” fermer xoʻjaligida amaliyotga tatbiq etildi.

— Xoʻjaligimiz hududidan “Shangʻi” kollektori oqib oʻtadi, — deydi fermer Murodbek Nurmetov. — Urganch davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda quvvati 10 kVt boʻlgan mikro GES qurilmasini ishga tushirdik. Uning quyosh panelidan afzallik tomoni faqat kunduzi emas, kechasi ham elektr energiyasi olish mumkin. Chunki kollektorda sutkaning 24 soati davomida suv oqib turadi. Ilgari elektr energiyasi uchun yiliga oʻrtacha 120-130 mln soʻm mablagʻ sarflar edik. Endilikda shu mablagʻ xoʻjaligimiz ixtiyorida qoladigan boʻldi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martda qabul qilingan “Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilda Xorazm viloyatida jami quvvati 920 kVt boʻlgan 110 ta mikro gidroelektr stansiyalarini qurish koʻzda tutilgan.

Odilbek ODAMBOYEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?