Farhod GES modernizatsiya qilinib, quvvati 127 MVt.ga yetkazildi
Yurtimizdagi eng tarixiy va salohiyatli GESlardan biri hisoblangan Farhod GES Sirdaryo daryosida 1943-yil 10-fevralida qurilishi boshlangan va 1948-yil 15-fevral kuni GES ishga tushirilgan. Bugun, 15-fevral kuni GES ishga tushirilganiga 74 yil boʻldi.
Yillar davomida doimiy ekspluatatsiya jarayonlarida GESning koʻplab uskunalari jismonan va maʼnan eskirishi natijasida ishlab chiqarish quvvati pasaygan edi.
Prezidentimizning 2017-yil 2-maydagi “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktyabrdagi “Farhod” gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, mazkur GESni modernizatsiya va qayta texnik jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu modernizatsiya ishlari Rossiya Federatsiyasining “Silovыye mashinы” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va modernizatsiyadan soʻng GESning amaldagi quvvati 114 MVtdan 127 MVtga oshirildi.
Bular haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring