Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Fargʻona viloyatida uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Qoʻqon shahrida joylashgan uy bogʻchasida 43 nafar bolaga tegishli maʼlumot va ruxsatsiz diniy saboq berib kelingani aniqlandi. Bunda har bir bolani oʻqitish evaziga 2024-yilning may oyidan buyon oyiga 450 ming soʻmdan haq olingan.
Margʻilon shahrida qayd etilgan holatda esa Toshloqtepa MFYda joylashgan xonadonlardan birida hujra tashkil etilgani aniqlandi. Surishtiruvlarda aniqlanishicha, 2005-yilda tugʻilgan shaxs boshqa bir fuqaroning uyida respublikaning turli hududlaridan boʻlgan 6 nafar bolaga diniy saboq berib kelgan.
Shu bilan birga, Margʻilon shahar Nurafshon MFYda yashovchi 1974-yilda tugʻilgan shaxs ham oʻz xonadonida hujra tashkil etgani fosh boʻldi. Ushbu shaxs oʻzining 2004-yilda tugʻilgan sherigi bilan birgalikda 5 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy maʼlumotga ega boʻlmay turib, shu yoʻnalishda saboq berishni yoʻlga qoʻyishgan.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslar va bolalarini hujraga topshirgan ota-onalarni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari koʻrilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring