Fargʻonada qariyb 5 ming quti aksiz markasiz tamaki savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani va Qoʻqon shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro F.D. Qoʻqon shahri, “Navbahor” koʻchasida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi oldida fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, 6 turdagi jami 3 ming 720 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini 55 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro Sh.H. Rishton tumani, “Dehqonobod” MFY hududidagi xonadonidan umumiy bahosi 69 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 2 turdagi jami 1 ming 250 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Qoʻqon shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ashyoviy dalilla bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring