Fargʻonada “Lacetti” haydovchisi tanishini qasddan urib ketdi
Videodan kadr
Fargʻona shahrida fuqaroni mashinada urib yuborgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 10-iyul kuni fuqaro F.Z. Fargʻona shahar Oʻzbekiston ovozi koʻchasida tanishi M.A. bilan oʻzaro gap talashib janjallashib, oʻziga tegishli “Lacetti” rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Fargʻona shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchi F.Z. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring