Fargʻonada “Lacetti” 3 yoshli bolani bosib ketdi
Videodan kadr
Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida 3 yoshli bolakayni urib ketgan fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 10-May kuni Margʻilon shahar Zuhro koʻchasida 55 yoshli D.A. “Lacetti” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, 3 yashar A.A.ni urib yuborgan. Hodisa oqibatida bolakay tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Hozirda A.A.ning ahvoli yaxshi holatda”, deb yozadi IIB axborot xizmati.
Biroq “Kun.uz” nashrining yozishicha, mashinaning old gʻildiragi jabrlanuvchining koʻkrak qismini, orqa gʻildiragi esa tos qismini bosib oʻtgan. Oqibatda bolaning tos suyaklari 3 joyidan singan. Bu dard uni bir oy toʻshakka mixlab qoʻygan. “Hozir ham bolakayning ahvoli yaxshi emas”.
“Haydovchi ayol esa pinagini buzgani ham yoʻq. Olti oy davomida yaxshi boʻladi deyishdi. Lekin batamom yaxshi boʻlib ketishiga hech kim kafolat bermaydi”, degan bolaning buvisi manbaga
Viloyat IIBga koʻra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi hamda 117-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib yakuniga koʻra tegishli sudlovga yuborish chorasi koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring