Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

19:34 17 May 2025 Jamiyat
234 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.

Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday oilalar hayoti hamisha hurmatga loyiq ekanligi eʼtirof etildi. Yurt tinchligi va farovonligini taʼminlashda ibratli oilalar tajribasi muhimligi taʼkidlandi.

— Farzandlarimiz oliy taʼlimda oʻqib, el-u yurt xizmatida kamarbasta boʻlmoqda, — deydi Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi Muhsinjon Mehmonov. — Oʻz navbatida tadbirkor oila sifatida shahrimiz obodligi, infratuzilma xizmatlari sifatini oshirish jarayonida doimo koʻmakka tayyormiz.

Yangi avlod vakillarining yaxshi bilim olishi, maʼnan va jismonan barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun homiylik yordamlarini koʻrsatamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?